\"Liverpul\" o‘rtoqlik o‘yinida \"Stok Siti\"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Photo: Getty Images
"Liverpul" mavsumlar oralig‘idagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsini ham Chempionship klubi bilan o‘tkazdi.
Arne Slot jamoasi "Stok Siti"ga qarshi maydonga tushdi. Bu bahsda ham mersisaydliklar raqib darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p yo‘llashdi. Nunes xet-trikka erishgan bo‘lsa, Ngumoha va Kyeza ham o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi.
Avvalroq jamoa "Preston"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
O‘rtoqlik o‘yini. 20 iyul
"Liverpul" 5:0 "Stok Siti"
Gollar: Nunes (6, 12, 14), Ngumoha (23), Kyeza (88).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist