locale OZ

\"Liverpul\" McAllisterni sotishi mumkin. Futbolchining narxi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" McAllisterni sotishi mumkin. Futbolchining narxi ma'lum bo'ldi
Photo: Getty Images

“Liverpul” yarim himoyachisi Alexis McAllister faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qizillar” argentinalik 26 yoshli futbolchini 100 million yevroga sotishi mumkin. “Real” ushbu taklif bilan chiqadigan bo'lsa, McAllisterni qo'yib yuborishga rozilik bildirishmoqchi.

Joriy mavsum u “Liverpul” safida barcha turnirlarda 47 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting