«Liverpul» Konate bilan muzokaralari to'xtab qoldi
Uning "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" va himoyachi Ibraima Konate o'rtasida yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar murakkab bosqichda turibdi. Bu haqda jurnalist Grem Beyli xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Konate o'z o'yin darajasi unga yuqori maosh talab qilish imkonini beradi, deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda 26 yoshli fransiyalik himoyachi barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist