locale OZ

«Liverpul» kiyinish xonasida parokandalik yuzaga keldi

Jamoaning ayrim futbolchilari Arne Slotning ishidan norozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» kiyinish xonasida parokandalik yuzaga keldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» kiyinish xonasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga keldi. Jamoaning joriy mavsumda bosh murabbiy Arne Slot qoʻl ostida koʻrsatayotgan natijalaridan norozilik kuchayishi ortidan vaziyat keskin nuqtaga yetgan. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa bir mavsumdagi magʻlubiyatlar soni boʻyicha Rafael Benites davridagi salbiy rekordni yangilaganidan esankirab qolgan (mersisaydliklar joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 20 ta magʻlubiyat qabul qilib olishdi, Benites davrida esa bu koʻrsatkich 19 tani tashkil etgan edi). Bir qator futbolchilar bosh murabbiy ancha avvalroq iste’foga chiqarilishi kerak edi, degan fikrda.

Oʻz navbatida, Slot jamoaning ishonchini yana qaytara olishiga ishonmoqda. Biroq «Liverpul»ning bir nechta yetakchi va nufuzli futbolchilari niderlandiyalik mutaxassisdan butkul hafsalasi pir boʻlgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting