locale OZ

“Liverpul” Kerkezni sotib olishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Kerkezni sotib olishga tayyor
Photo: Getty Images

“Bornmut” himoyachisi Milosh Kerkes faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizillar” 21 yoshli qanot himoyachisini yozda o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. Klub ustozi Arne Slot Kerkesni Endryu Robertson uchun uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Miloshning transferi 35 million yevroga baholanmoqda. Kerkes joriy mavsumda “Bornmut” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Miloshning amaldagi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting