«Liverpul» Jota oilasiga 2 yillik shartnoma bo‘yicha maoshni to‘lab berdi
Slot ushbu xabarni tasdiqladi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi marhum Diogu Jotaning 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasidagi barcha pullarni to‘lab berdi. Bu haqda bosh murabbiy Arne Slot aytib o‘tdi.
"Odatda klub egalari murabbiylar kabi tanqid qilinadi. Ammo ularning marhum futbolchi rafiqasi va bolalariga shartnomaning to‘liq miqdorini to‘lash orqali vaziyatni hal qilishlari alohida tahsinga loyiq", – deya Slotning so‘zlaridan keltiradi TNT Sports.
3 iyul kuni avtohalokat sabab vafot etgan mersisaydliklar safida haftasiga 100 ming funt sterlingdan ko‘proq maosh olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist