locale OZ

«Liverpul» Ibraima Konatening ketganidan soʻng himoya chizigʻini kuchaytirmoqchi

Mersisaydliklar hozirda toʻrt nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Ibraima Konatening ketganidan soʻng himoya chizigʻini kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi markaziy himoyachi Ibraima Konate jamoani tark etganidan keyin himoya chizigʻini qayta qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, Konatening oʻrniga munosib nomzodlardan biri sifatida «Sporting» klubining 24 yoshli himoyachisi Gonsalu Inasiu koʻrib chiqilmoqda. Skautlar futbolchining toʻpni oldinga olib chiqish borasidagi mahoratini alohida eʼtirof etishmoqda.

Shuningdek, mersisaydliklar qiziqishlari doirasida «Napoli» oʻyinchisi Sem Byukema ham bor, biroq u asosiy nomzod hisoblanmaydi. Bundan tashqari, «Tottenhem»ning 19 yoshli aʼzosi Luka Vushkovichni sotib olish varianti ham oʻrganilmoqda.

Shu bilan birga, «Liverpul» skautlari «Nottingem Forest» himoyachisi Murilyo boʻyicha ham ishlarni faollashtirgan. Manbaning taʼkidlashicha, braziliyalik futbolchi Premyer-ligadagi tajribasi va jismoniy baquvvatligi evaziga Andoni Iraola jamoasiga katta foyda keltirishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting