locale OZ

«Liverpul» himoyachisi Shotlandiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Chembers «Liverpul»ning asosiy jamoasida 2023 yilda debyut qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» himoyachisi Shotlandiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Liverpul»ning 22 yoshli himoyachisi Lyuk Chembers qishki transfer oynasida Shotlandiyaning «Seltik» klubiga o‘tishi mumkin. Glazgo klubi ingliz futbolchisining vaziyatini jiddiy kuzatib bormoqda.

Football Insider ma’lumotlariga ko‘ra, «Seltik» Chembersni yanvar oyida tarkibni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, futbolchiga Angliya Chempionshipida ishtirok etayotgan bir nechta klub ham qiziqish bildirmoqda.

Chembers «Liverpul» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub tizimida olti yoshidan beri faoliyat yuritadi.

Himoyachi avvalroq «Kilmarnok», «Uigan» va «Charlton Atletik» klublarida ijara asosida to‘p tepgan. Xususan, 2026 yil yanvar oyida u «Charlton»ga mavsum oxiriga qadar ijaraga berilgan va Chempionshipda qimmatli tajriba orttirgan.

Chembers «Liverpul»ning asosiy jamoasida 2023 yilda debyut qilgan. U hozirga qadar «qizillar» safida to‘rtta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting