\"Liverpul\" Gehi bilan kelishib oldi
Photo: Getty Images
"Liverpul" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gehi bilan shartnoma borasida kelishib oldi.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, klub va futbolchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bitimni imzolaydi.
Gehining shaxsan o‘zi ham faoliyatini aynan Arne Slot jamoasida davom ettirish istagini bildirgan. Bu esa transferning tezroq yakunlanishi uchun muhim omil bo‘lgan.
2024/2025 yilgi mavsumda Gehi barcha klub turnirlarida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor