locale OZ

“Liverpul” Gakpo uchun 70 million yevrolik taklifni rad etdi

“Qizillar” niderlandiyalik futbolchini sotishdan 85 million yevro ishlab olishni kutmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Gakpo uchun 70 million yevrolik taklifni rad etdi
Foto: Getty Images

“Tottenhem” “Liverpul” vingeri Kodi Gakponi transfer qilish uchun 70 million yevrolik taklif yubordi, biroq Mersisayd klubi bu taklifni rad etdi. “Qizillar” niderlandiyalik futbolchini sotishdan 85 million yevro ishlab olishni kutmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, London klubi 27 yoshli futbolchini tarkibni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, “Manchester Siti” ham Gakpoga qiziqish bildirmoqda va futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlagan.

Gakpo “Liverpul” safida 2023-yil yanvaridan buyon to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Shu tariqa, Gakponing “Tottenhem”ga transferi hozircha amalga oshmadi. “Liverpul” futbolchi uchun 85 million yevro talab qilmoqda, biroq transfer oynasi yopilishidan oldin tomonlar o‘rtasida yangi muzokaralar bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting