locale OZ

«Liverpul» Gakpo bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Gakpo bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Ливерпуль

"Liverpul" rasmiy sayti orqali hujumchisi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Kodi Gakpo klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. "Qizillar" kelishuv muddati haqida ma'lumot bermadi. Shu bilan birga, shartnoma uzoq muddatli ekani ta'kidlandi.

Gakpo "Liverpul"da 2023 yil boshidan beri to'p tepib kelmoqda. Shundan buyon niderlandiyalik futbolchi "qizillar" safida 131 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol va 19 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APL 3-turida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting