«Liverpul» Ekitike bo‘yicha kelishib oldi
Photo: Getty Images
"Liverpul" Yugo Ekitike bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub futbolchi bilan olti yillik shartnoma tuzish bo‘yicha kelishib olgan.
Nufuzli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, mersisaydliklar hujumchi borasida ilk rasmiy taklifni yuborgan edi.
23 yoshli Ekitikenning o‘zi "Liverpul"ga o‘tishni istamoqda. Shu bilan birga, avvalroq matbuot fransiyalik futbolchini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubi "Nyukasl" bilan faol bog‘lagan edi.
Transfermarkt portali Yugo Ekitikeni 75 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist