locale OZ

«Liverpul» Diogu Koshtani kuzatmoqda

Oʻyinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Diogu Koshtani kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

"Liverpul" kelasi yozda Alisson Bekerning jamoadan ketishi ehtimoli sababli nomzodlar roʻyxatiga Portugaliya terma jamoasi va "Portu" darvozaboni Diogu Koshtani kiritdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, mersisaydliklar 26 yoshli darvozabonga qiziqishni kuchaytirgan, chunki ularni zaxira darvozaboni Giorgi Mamardashvilining joriy mavsumdagi oʻyini qoniqtirmagan. Koshta "Liverpul" ro'yxatidagi yagona nomzod emasligi taʼkidlanmoqda.

Joriy mavsumda Koshta barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda ishtirok etib, ularning 24 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Oʻyinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting