locale OZ

«Liverpul» Bouenga qiziqmoqda

Ayrim xabarlarda uning narxi 40–50 million funt atrofida bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" Bouenga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

“Liverpul” klubi “Vest Xem” futbolchisi Jarrod Bouen transferi imkoniyatini o‘rganmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda va u bo‘yicha qiziqish bildirgan klublar safidan joy olgan.

Transferning asosiy sababi — “Vest Xem” klubining moliyaviy ahvoli va Premer-ligadan tushib ketganidan so‘ng ayrim yetakchi futbolchilarni sotish ehtimoli.

Manbalarga ko‘ra, klub 100 million funtdan ortiq mablag‘ yig‘ishi kerak bo‘lishi mumkin va Bouen sotilishi mumkin bo‘lgan eng qimmat aktivlardan biri hisoblanadi.

Hozircha rasmiy taklif berilgani haqida ma’lumot yo‘q. Biroq “Liverpul”dan tashqari “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Transfer qiymati borasida turli baholar mavjud. Ayrim xabarlarda uning narxi 40–50 million funt atrofida bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting