locale OZ

«Liverpul» Bellingem uchun «Real»ga 180 million yevro toʻlashga tayyor

Tomonlar allaqachon ushbu transfer boʻyicha aloqa oʻrnatgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Bellingem uchun «Real»ga 180 million yevro toʻlashga tayyor
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, ingliz klubi «qirollik klubi»ga futbolchi uchun 180 million yevro taklif qilishga tayyor.

Manbada qayd etilishicha, «Liverpul» allaqachon «Real» bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan. Angliya klubi rahbariyati yarimhimoyada jamoani uzoq yillar davomida yetaklay oladigan yangi yetakchi futbolchi zarur, degan fikrda.

Shu bilan birga, «Liverpul»ning Bellingem bo‘yicha dastlabki so‘rovi rad etilgan. «Real» prezidenti Florentino Peres va klubning boshqa vakillari futbolchini sotish variantini qat’iyan inkor etgan. Madrid klubi Bellingemga munosib o‘rinbosar topish imkonsiz, deya hisoblamoqda.

Jud Bellingem «Real» safiga 2023 yil yozida kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Bellingemning bozor bahosi 160 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting