locale OZ

«Liverpul» Bastonini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

«Inter» himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Bastonini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Italiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qizillar» safidagi 19 yoshli himoyachi Jovanni Leonining jarohati hamda Mark Gehining «Kristal Pelas»dan «Manchester Siti»ga transferi amaldagi APL chempionini himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylashga majbur qilgan. Mersisayd klubi «Inter»dan Alessandro Bastoni va Dortmundning «Borussiya»sida to‘p surayotgan Niko Shlotterbek variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va beshta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining «Inter» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Bastonining bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting