locale OZ

«Liverpul» avgust oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari taqvimini e’lon qildi

Mersisaydliklar 2 ta qiyin raqibga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» avgust oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari taqvimini e’lon qildi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali avgust oyida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari nomini hamda ushbu o‘yinlarning aniq sanalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mersisaydliklar yangi mavsumoldi tayyorgarlik doirasida ikki jiddiy raqibga qarshi maydonga tushishadi. Har ikkala qiziqarli bahs ham jamoaning Liverpuldagi mashhur «Enfild» stadionida tashkil etiladi.

Taqvimga binoan, «qizillar» dastlab 9 avgust kuni Fransiyaning «Monako» jamoasini qabul qilishadi va ushbu uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da start oladi. Shundan so‘ng, 16 avgust kuni mersisaydliklar Italiyaning «Komo» klubiga qarshi o‘yin o‘tkazishadi. Mazkur bahsning boshlanishini bildiruvchi hakam hushtagi esa mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da yangraydi.

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra «Liverpul» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi. Ularning bo‘lajak raqiblaridan «Monako» Fransiya Liga 1 musobaqasini yettinchi pog‘onada yakunlagan bo‘lsa, «Komo» jamoasi Italiya A Seriyasida to‘rtinchilikni qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati, «Komo» klubi o‘z tarixi davomida ilk bor UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting