locale OZ

\"Liverpul\" Armin Pech bilan shartnoma imzolamoqchi

Uning transfer narxi 2 mln evroni tashkil etadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" Armin Pech bilan shartnoma imzolamoqchi
Photo: Getty Images

"Liverpul" klubi "Pushkash akademiyasi"dan 20 yoshli darvozabon Armin Pech bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

The Athletic xabariga ko'ra, 20 yoshli vengriyalik darvozabon transfer qiymati ikki million evroni tashkil qiladi.

Mersisaydliklar darvozabon rivojlanish salohiyatiga ega va jamoaning darvoza chizig'idagi raqobatni mustahkamlaydi, deb hisoblashadi.

Armin Pech o'tgan mavsum Vengriya chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol o'tkazib yuborgan va 9 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting