locale OZ

Liverpul Andoni Iraolaning klub boshqaruv postiga kelganini e’lon qildi

43 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi «Bornmut» bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liverpul Andoni Iraolaning klub boshqaruv postiga kelganini e’lon qildi
photo: Liverpul fk

«Liverpul» klubi Andoni Iraolaning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

43 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi «Bornmut» bo‘lgan. U o‘tgan mavsum yakunida klubni tark etgandi.

Ma’lumot uchun, Iraola boshqaruvidagi «Bornmut» Angliya Premer Ligasida 57 ochko jamg‘arib, mavsumni oltinchi o‘rinda yakunladi. «Liverpul» esa 60 ochko bilan beshinchi pog‘onani egallagan.

Ispaniyalik murabbiy 2023 yil yozidan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andoni Iraolaning «Liverpul» bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting