Lionel Messining yillik daromadi Inter Mayamidagi ulushini hisobga olsa, taxminan 70-80 million dollarni tashkil etadi
MLS futbolchilar assotsiatsiyasining maoshlar bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, Messining bazaviy maoshi 12 million dollar hisoblanadi.
photo: Google
«Inter Mayami» egasi Xorxe Masning shu hafta ma’lum qilishicha, Lionel Messining yillik daromadi klubdagi ulushini hisobga olsa, taxminan 70-80 million dollarni tashkil etadi.
MLS futbolchilar assotsiatsiyasining maoshlar bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, Messining bazaviy maoshi 12 million dollar, kafolatlangan daromadi esa (shartnoma muddatiga bo‘lib chiqilgan barcha bonuslar bilan hisoblaganda) 20,45 million dollarni tashkil etadi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor