Lionel Messining otasi vafot etdi
Argentinalik futbolchi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Argentinaning Infobae nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Xorxe Messi Argentinaning Rosario shahridagi klinikada uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Uning o‘limiga sabab bo‘lgan aniq kasallik haqida maʼlumot berilmagan.
Xorxe Messi o‘g‘lining professional faoliyatida muhim rol o‘ynagan va uzoq yillar davomida uning agenti sifatida faoliyat yuritgan.
2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida Lionel Messi Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etganidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyib tura olmagandi. Futbolchi o‘sha paytda boshidan bir necha og‘ir kunlar o‘tayotganini bildirgan, biroq bu holatni futbol bilan bog‘lamagan.
Keyinchalik Messining otasi sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Iyun oyida futbolchining oilasi Xorxe Messi tibbiy nazorat ostida ekanini va uning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarayotganini maʼlum qilgan edi.