Lionel Messi to'rtta o'yindan iborat golsiz seriyasiga yakun yasadi
FOTO: Getty Images
MLS USA
03.05.2025, Yak.
Inter Miami CF
4
Nyo York Red Bulls
1
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi “Nyu-York Red Bulls” qarshi o'yinda (4:1) gol urib, to'rtta o'yindan iborat golsiz seriyasiga yakun yasadi.
Argentinalik futbolchi 67-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Umuman olganda, Messi joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Leoning “Inter Mayami” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning oxiriga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist