Lionel Messi: \"Terma jamoa odamlarni noodatiy narsalarga o‘rgatib qo‘ydi\"
Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi "albiseleste" 2022-yilgi g‘olibona Jahon chempionatidan so‘ng ham yuqori o‘yin saviyasini saqlab qola olganini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, chorak finalda Argentina Shveytsariyani (3:1, qo‘shimcha vaqtlarda 2:0) mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi va endi 15-iyul kuni Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
— "Ushbu jamoa odamlarni noodatiy narsalarga o‘rgatib qo‘ydi: jahon chempioni bo‘lib, qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovronlarni yutgandan keyin ham musobaqalarda xuddi shu yuqori saviyani saqlab qolish oson ish emas. Mana, biz yana kuchli to‘rtlikka kirdik. Bu oddiy hol emas, shuning uchun ham bundan ulkan zavq olishimiz kerak.
Bunday muvaffaqiyatlar yana takrorlanadimi yoki yo‘qmi, umuman qachondir bo‘ladimi — buni bilmaymiz. Oxirgi yirik g‘alabalargacha Argentina uzoq vaqt davomida jahon chempioni bo‘la olmagandi. Shu sababli, bizga nasib etayotgan har bir yutuqni qadrlashimiz va undan zavqlanishimiz lozim", — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.