Lionel Messi qatorasiga uchinchi o'yinda ham gol ura olmadi
FOTO: Getty Images
KONKAKAF Chempionlar Kubogi yarim finalining dastlabki o'yinida “Inter Mayami” mehmonda “Vankuver”ga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Shu tariqa, Lionel Messi ketma-ket uchta o'yindan buyon gol nimaligini bilmay kelmoqda.
Ma'lumot uchun, argentinalik yulduz joriy mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Inter Mayami” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning oxiriga qadar amal qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist