locale OZ

Lionel Messi: «Qasam ichib aytaman, men doimo borimni berdim»

Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini quyidagi bayonot orqali ma’lum qildi.
Lionel Messi: «Qasam ichib aytaman, men doimo borimni berdim»
photo: gettyimages

Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini quyidagi bayonot orqali ma’lum qildi.

«Finaldan keyin o‘tgan shu vaqt davomida ko‘p o‘yladim va barchaga shuni aytmoqchimanki, milliy jamoani tark etyapman.

Bu qaror meni qiynadi va hamon ich-ichimdan og‘riq bermoqda. Ammo buning uchun to‘g‘ri vaqt kelganini tushunyapman.

Qasam ichib aytaman, men doimo borimni berdim. Faqat so‘nggi yillarda, hamma sovrinlarni qo‘lga kiritganimizda emas, undan oldin ham shunday qildim. Har doim kurashdim va sizlarga baxt ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun, ushbu libos uchun borimni berdim.

Oz vaqt qoldi va turli boblar o‘z nihoyasiga yetmoqda. Bu bob menga juda qattiq og‘riq beryapti. Men milliy jamoa tarkibida bo‘lishni sevaman, sevardim va doimo shundan bo‘lgan. Borimni berdim va endi beradigan boshqa narsam qolmadi.

Bundan tashqari, bu yerda milliy jamoada bo‘lishga loyiq bo‘lgan ajoyib yosh futbolchilar paydo bo‘lmoqda.

20 yil davomida bergan barcha mehringiz uchun rahmat. Endi sizlarni maydon ichidan turib eshitishni sog‘inaman. Endi men ham sizlardan biringiz bo‘laman va tashqaridan doimo’ qo‘llab-quvvatlayman — yaxshi paytlarda ham, ayniqsa, qiyin kunlarda ham.

Oilamga har doim yonimda bo‘lgani va mana shu go‘zal, ammo mashaqqatli yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat. Bu yo‘lni birga bosib o‘tish nasib qilgan har bir murabbiy, jamoadosh va rahbarga rahmat. O‘zim bilan unutilmas xotiralar va lahzalarni olib ketyapman.

Men xotirjam va faxr bilan ketyapman. Jamoadoshlarim bilan birga sizlarga bir vaqtlar orzu qilganimizdek lahzalarni taqdim etganimizni bilaman. Bularning barchasini sizlar bilan birga boshdan kechirish aqlbovar qilmas darajada ajoyib edi. Men sizlarni sevaman!

Meni argentinalik qilib yaratganing uchun, Xudo, Senga rahmat... Olg‘a, Argentina!

Men bu so‘zlarni 21 iyul kuni, finaldan ikki kun o‘tib yozgandim. Bugun esa otam bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng bu qarorimga avvalgidan ham ko‘proq ishonchim komil», — deya yozgan maktubini ulashdi 39 yoshli forvard instagramdagi sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting