locale OZ

Lionel Messi Jahon chempionatlaridagi golli seriya boʻyicha rekordni takrorladi

Shuningdek, u mundial tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga ham aylandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Lionel Messi Jahon chempionatlaridagi golli seriya boʻyicha rekordni takrorladi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi Jahon chempionatlaridagi golli seriyaning davomiyligi boʻyicha rekordni takrorladi. Hujumchi ketma-ket oltinchi oʻyinda raqiblar darvozasini ishgʻol qildi. Bu voqea 2026-yilgi jahon birinchiligi «J» guruhi 2-turi doirasidagi Argentina va Avstriya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda yuz berdi.

Messi oʻyinning 39-daqiqasida gol urishga muvaffaq boʻldi. Bundan avvalroq forvard JCh-2026 da Jazoir darvozasiga, shuningdek, JCh-2022 da Fransiya, Xorvatiya, Niderlandiya va Avstraliya terma jamoalari darvozasiga gol kiritgan edi.

Ungacha boʻlgan davrda bunday natijani qayd etish faqatgina fransiyalik hujumchi Jyust Fonten va braziliyalik forvard Jairzinyoga nasib qilgan.

Futbol boʻyicha JCh-2026 musobaqalari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Sayyoramiz birinchiligining 2022-yilgi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan edi. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan edi (4:2).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting