locale OZ

Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixidagi mutloq gol urish rekordini oʻrnatdi

Argentinalik yulduz Miroslav Klozeni ortda qoldirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixidagi mutloq gol urish rekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Jahon futboli tarixidagi ikkita eng buyuk voqeani roppa-rosa 40 yil ajratib turibdi. Aynan shu kuni, 22-iyun, 1986-yilda Diego Maradona Meksika maydonlarida Angliya darvozasiga oʻzining afsonaviy «Xudoning qoʻli» golini kiritgan edi. Oradan 40 yil oʻtib, buyuklik estafetasini Lionel Messi qabul qilib oldi.

Lionel Messi Jahon chempionatlaridagi oʻzining 17-golini urib, jahon futboli solnomasiga oʻz nomini muhrladi. Ushbu gol Argentina terma jamoasi sardoriga sayyoramizning bosh turnirida gol urish boʻyicha mutloq tarixiy rekordni oʻrnatish imkonini berdi.

Avlodlar oʻrtasidagi ramziy bogʻliqlik ayni daqiqalarda qayd etilmoqda — hozirgi vaqtda JCh-2026 guruh bosqichi doirasida Argentina va Avstriya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin davom etmoqda va unda «albiseleste» 1:0 hisobida oldinda bormoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting