locale OZ

Lionel Messi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Photo: Getty Images

Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan MLS yulduzlar o‘yinida ishtirok etmaydi.

ESPN xabariga ko‘ra, ushbu tadbirni o‘tkazib yuboradigan argentinalik chempionatning bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin – bunday sanksiyalar liga reglamentida ko‘zda tutilgan. Uchrashuvni uning "Inter Mayami"dagi sherigi Luis Suares ham o‘tkazib yuboradi. Jamoadan ma’lum qilishlaricha, hujumchi tizzasida noqulaylik sezmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messi MLSda ajoyib mavsum o‘tkazmoqda – "Inter Mayami" safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

MLS yulduzlari va Meksika MX ligasining eng yaxshi o‘yinchilari jamoasi o‘rtasidagi o‘yin 23 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting