Lionel Messi antiqa natija qayd etdi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
23.06.2025, Yak.
Inter Miami CF
2
Palmeyras
2
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi o'zi to'p tepgan jamoalar ishtirokidagi 33 ta turnirlarning barchasida guruhdan chiqishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining 3-turida “Inter Mayami” “Palmeyras” bilan bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Bu natija floridaliklarni nimchorak finalga olib chiqdi. Endi “Inter Mayami” 1/8 finalda PSJ'ga qarshi to'qnash keladi.
Ma'lumot uchun, Lionel Messi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u bir necha mavsum PSJ safida ham harakat qilgan, 2023-yilning yozida esa “Inter Mayami”ga o'tgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist