«Lion» Opendaga asosiy da’vogarlardan biri
Transfermarkt portali Opendaning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
“Lion” klubi “Yuventus” hujumchisi Lua Opendani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, belgiya futbolchisiga da’vogarlar faqat “Lion” bilan cheklanib qolmayapti. Frankfurtning “Ayntraxt”, “Monako” va Angliyaning “Nottingem Forest” klublari ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
O‘tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylandi.
Transfermarkt portali Opendaning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist