locale OZ

Lingard APLga qaytishni xohlamoqda

Futbolchi tez orada “Seul”ni tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lingard APLga qaytishni xohlamoqda
ФОТО: Getty images

Janubiy Koreyaning “Seul” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jesse Lingard Angliya Premer-ligasiga qaytishni rejalashtirmoqda.

The Athletic xabarida aytilishicha, 33 yoshli futbolchining “West Ham”ga qaytish ehtimoli mavjud. Jesse 2021 yilda ushbu klubda ijarada to'p surgan.

Futbolchi tez orada “Seul”ni tark etadi va erkin agentga aylanadi. Shundan so'ng “bolg'achilar” bilan muzokara o'tkazishi kutilmoqda.

Lingard faoliyati davomida “MYu”, “Lester”, “Birmingem”, “Brayton”, “Derbi Kaunti” va “Nottingem Forest” jamoalarida to'p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting