locale OZ

Lineker: «Liverpool»ga Trent yetishmayapti

Ekspert “Liverpool”ning kamchiliklari haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lineker: «Liverpool»ga Trent yetishmayapti
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda Britaniya televideniyesi eksperti Gari Lineker “Liverpool”ga yetishmayotgan futbolchini aytdi.

“Ochig‘i, jamoaga Alexander-Arnold yetishmayapti. Uning "qizillar" hujumiga qo‘shadigan hissasini to‘ldirib bo‘lmayapti. Boshqa bunday ijrochi yo‘q. Sir emaski, Salahga Trent juda yetishmayapti, ular o‘zaro juda yaxshi munosabatda bo‘lgan. Uning himoyadagi kamchiliklariga ko‘z yumish mumkin, chunki u hujumga juda ko‘p narsa bera olardi,” — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Rest Is Football.

Eslatib o‘tamiz, Trent Alexander-Arnold hozirda “Real”da to‘p surmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting