\"Like Cup\" turniri yana qayta boshlandi
FC "Nokaut" bugun "Drama United" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi — o‘yin "Zoʻr TV" orqali jonli efirda
Rasm: Instagram
Ayrim sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtab qolgan "Like Cup" yulduzlar futboli turniri yana o‘z davomiga qaytdi. Musobaqa bugundan boshlab qayta start olmoqda va voqealar to‘xtagan joyidan davom etadi.
Bugungi tur doirasida bokschilarimizdan tashkil topgan FC "Nokaut" jamoasi "Drama United"ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi.
Uchrashuv "Zoʻr TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. O‘yin stadiondan jonli tomosha qilishni istaganlar uchun "Jar" maydoni eshiklari ochiq — kirish bepul.
Bakradze Iman
Redaktor