locale OZ

Ligalar kubogi. «Inter Mayami» o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

Messi ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushdi.
Ligalar kubogi. “Inter Mayami” o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Shimoliy va Markaziy Amerika klublari o‘rtasidagi Ligalar kubogi davom etmoqda. 3-turda “Inter Mayami” o‘z maydonida Meksikaning “Leon” klubini qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Qayd etish lozim, Messi ushbu bahsda zaxiradan maydonga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” 2023 yil ushbu turnirda g‘olib bo‘lgan.

Ligalar kubogi. 3-tur
Inter Mayami — Leon 2:3
13 avgust. “Nu Stadium”
Gollar: Pinter 42, Brayt 53 — Archila 50, 83 (dubl), Dominges 61.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting