locale OZ

Liga «Lokomotiv» stadionidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga «Lokomotiv» stadionidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
Фото: ЎФА

“Lokomotiv” klubi keyingi mavsumga tayyorgarlikni hozirdan boshladi. Liga vakillari Lokomotiv stadionida bo‘lib, u yerdagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ayni damda klub o‘z uy stadionini keyingi mavsumga tayyorlash maqsadida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, “Lokomotiv” stadioni maydonining chimi, drenaj qismi to‘liq yangilanmoqda. Bundan tashqari, stadion prožektorini amaldagi talablar asosida to‘liq yangilash rejalashtirilmoqda. Majmuaning qolgan qismlari ham to‘liq ta’mirlanadi. “Lokomotiv” klubi asosiy stadion ta’miri bilan cheklanib qolayotgani yo‘q.

Klub o‘z arenasi yonidagi 2-son sport maktabi hududida, muassasa bilan kelishilgan holda tabiiy, zamonaviy drenaj tizimiga ega mashg‘ulot maydoni qurishni boshladi. Kelishuvga ko‘ra klub sport maktabi tarbiyalanuvchilari uchun alohida sun’iy maydon qurib beradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan maydon qurilishining asosiy qismi o‘z nihoyasiga yetib ulgurgan.

Ma’lumki, “Lokomotiv” klubining qarorgohi asosiy stadion yonida joylashgan. Klub endi shu hududda mashg‘ulot maydoni ham barpo etmoqda. Qurilish ishlari yakuniga yetgach, Lokomotiv klubining qarorgohi, mashg‘ulot maydoni va uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadioni bir hududda joylashadi. Bu esa o‘z navbatida futbolchilar uchun qulaylik yaratadi.

Klub yoshlar jamoalarini rivojlantirish bo‘yicha boshqa rejalarini ham Liga bilan baham ko‘rdi. Liga bir tizim bo‘lib ishlaydigan va uzoq muddatli rejalar asosida harakat qiladigan klublarni doim olqishlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting