Liga 1’da tarixiy rekord: 9 o‘yinning 7 tasida mehmonlar g‘alaba qozondi
Shu tariqa, Liga 1’ning 3-turi Fransiya chempionati tarixiga kirdi
Foto: Getty Images
Fransiya Liga 1’ining 3-turi noodatiy rekord bilan yakunlandi. Tur doirasida o‘tkazilgan to‘qqizta uchrashuvning yettitasida mehmon jamoalar g‘alaba qozondi. Bu Fransiya oliy divizioni tarixida bir turda qayd etilgan eng ko‘p safar g‘alabasi bo‘ldi.
Safarda “Lill” “Tuluza”ni 1:0, “Monako” PSJni 2:1, “Loryan” “Lans”ni 1:0, “Brest” “Gavr”ni 2:1, “Strasbur” “Trua”ni 6:2, “Renn” “Anje”ni 2:1, “Pari FC” esa “Marsel”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Turda mezbonlardan faqat “Lion” g‘alaba qozondi — jamoa “Oser”ni 3:1 hisobida yengdi. “Nitsa” va “Le-Man” bahsi esa 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.
Shu tariqa, Liga 1’ning 3-turi Fransiya chempionati tarixiga kirdi. Bir tur davomida yettita safar g‘alabasi bungacha hech qachon qayd etilmagan edi.