locale OZ

Liga 1 jamoalarining transfer qiymati yangilandi: «PSJ» tarkibi 1 milliard yevrodan oshdi

Parijliklarni tarkibi ikkinchi oʻrindagi «Monako»dan uch baravar koʻproq chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga 1 jamoalarining transfer qiymati yangilandi: «PSJ» tarkibi 1 milliard yevrodan oshdi
FOTO: Getty Images

Transfermarkt portali Liga 1 klublarida to‘p surayotgan futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. Yangilanish natijalariga ko‘ra, eng qimmat tarkib kutilganidek «PSJ» klubiga tegishli bo‘ldi — 1,22 milliard yevro.

Ikkinchi pog‘onadan futbolchilari 392 million yevroga baholangan «Monako» joy oldi. Kuchli uchlikni esa «Marsel» jamoasi yakunlab berdi — 386 million yevro.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra Liga 1 ning eng qimmat 5 ta tarkibi:

  1. «PSJ» — 1,22 mlrd yevro.
  2. «Monako» — 392 mln yevro.
  3. «Marsel» — 386 mln yevro.
  4. «Strasburg» — 362 mln yevro.
  5. «Lion» — 283 mln yevro.

Qayd etilishicha, avvalgi yangilanishga nisbatan «PSJ» tarkibining umumiy bozor qiymati 1,6 foizga oshgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting