locale OZ

Li Kan In faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin

Koreyalik futbolchining ko‘chib o‘tishi «Atletiko»ga taxminan 35 million yevroga tushishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Li Kan In faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin
photo: gettyimages

«Atletiko» Li Kan In bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Madrid klubi «PSJ» yarim himoyachisining transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida turibdi, deb yozadi Marca nashri. Koreyalik futbolchining ko‘chib o‘tishi «Atletiko»ga taxminan 35 million yevroga tushishi kutilmoqda.

Li Kan In yozgi transfer oynasida «Atletiko»ning dastlabki ikki yangi a’zosidan biriga aylanishi kerak — klub shuningdek, «Bayer»dan Aleks Grimaldoning transferini 20 million yevroga hal qilishga yaqin turibdi, biroq bundan tashqari boshqa kelishuvlarni ham rejalashtirmoqda.

Liga 1 ning o‘tgan mavsumida xavbek 27 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting