locale OZ

Levandovski Kanseluning transferi boʻyicha kelishuvning bir qismiga aylanishi mumkin

Avvalroq kataloniyaliklar Joau bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski Kanseluning transferi boʻyicha kelishuvning bir qismiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Joau Kanseluning «Al Hilol»dan kataloniyaliklar safiga o‘tishi bo‘yicha kelishuvning bir qismiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kanselu transferi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar chog‘ida «Al Hilol» Levandovskini bitimga qo‘shish g‘oyasini ilgari surgan. Ushbu rejaga ko‘ra, polshalik hujumchi mavsum oxirigacha Saudiya Pro-ligasida to‘p suradi. Shu bilan birga, Levandovski «Barselona»ni so‘nggi olti oy uchun maosh to‘lash majburiyatidan ozod qiladi, Saudiya klubida esa yanada yuqori maosh oladi.

Avvalroq OAVda «Barselona» Joau Kanselu transferi bo‘yicha Saudiya klubi bilan muzokaralar olib borayotgani va portugaliyalik himoyachining o‘zi ham aynan kataloniyaliklar variantini ustuvor deb bilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting