locale OZ

Levandovski «Chikago Fayr»dagi ilk golini urdi

Robert ushbu o‘yinda dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski “Chicago Fire”dagi ilk golini urdi
ФОТО: Getty images

AQSH MLS chempionatining navbatdagi turida “Chikago Fayr” o‘z maydonida “Sharlott”ni qabul qildi. Qiziqarli bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochishdi. 18-daqiqada Pep Byel Jibril Dianining aniq uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol qilib, “Sharlott”ni oldinga olib chiqdi.

Biroq mezbonlar javobni uzoq kuttirishmadi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, jamoaning yangi hujumchisi Robert Levandovski hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham tajribali polyak forvardi o‘z so‘zini aytdi. Uchrashuvning 68-daqiqasida Levandovski yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl rasmiylashtirdi va “Chikago Fayr”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Qayd etish joiz, bu Levandovskining “Barselona”dan ko‘chib o‘tganidan keyingi uchinchi rasmiy uchrashuvi bo‘ldi. Shuningdek, mazkur bahsda u yangi jamoasi safidagi ilk gollarini va dastlabki samarali harakatlarini amalga oshirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Chikago Fayr” Sharqiy konferensiyada to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. “Sharlott” esa oltinchi pog‘onada qolmoqda. Ikki jamoa o‘rtasidagi farq hozircha to‘rt ochkoni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting