locale OZ

Levandovski «Barselona»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi yakunlanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski «Barselona»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Men deyarli 38 yoshdaman, lekin o‘zimni jismonan yaxshi his qilyapman, shu sababli turli imkoniyatlarni ko‘rib chiqyapman.

Men faqat o‘ynash emas, balki hayotdan zavq olish vaqti ham kelganini inobatga olishim kerak. Pastki liga klublari? Bunday variant ham bo‘lishi mumkin va men bunga yo‘l qo‘ymayman, deb ayta olmayman. Kontraktim tugashiga hali taxminan 50 kun bor, shu sababli qaror qabul qilish uchun vaqt yetarli. Men bir nechta takliflarni eshitaman va shundan so‘ng qaror qabul qilaman.

Hozirgi joyimni qadrlayman va bu yer menga yoqadi. Keyingi qadamlar qanday bo‘lishini ko‘ramiz, biroq bir narsani aniq ayta olaman: men faoliyatimni davom ettirmoqchiman", — dedi polyak hujumchi AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski joriy mavsumda "Barselona" bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting