locale OZ

Levan Arveladze: «Pro-liga oson o‘tmasligi aniq edi»

Gruziyalik futbolchi klub matbuot xizmati bilan suhbatlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levan Arveladze: «Pro-liga oson o‘tmasligi aniq edi»
Фото: Локомотив ПФК

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Levan Arveladze klub matbuot xizmatiga yakunlangan mavsum haqida qisqacha fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda yakunlangan mavsum haqida fikr bildirishingizni so‘rasak?
- Yo‘l oson o‘tmadi. Menda O‘zbekiston Superligasi tajribasi bo‘lgani uchun aytaman, Pro-ligada hech qanday kuchsizlik bo‘lmadi, bu ligada ham ko‘tarilish va pasayish davri bo‘ldi. Yakunda biz vazifani bajardik va kubokni ko‘tardik.

- Jamoalar soni kam bo‘lgani uchun o‘yinlar ham kamroq bo‘ldi. Uchrashuvlar sonining kamligi sababli o‘rtada dam kunlari ko‘p bo‘lishi futbolchilarga qiyinchilik tug‘dirmadimi?
- Ha, bu ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Har bir o‘yinga tayyorlanish uchun deyarli bir yig‘in tashkil qilinayotgandek edi. Bunda biz katta yuklama olardik va rasmiy o‘yinlarni sog‘inardik. Bu esa futbolchini ham ruhan, ham jismonan charchatardi.

- Ushbu mavsumda raqiblardan nimalarni kutgandingiz?
- Umuman olganda, oson raqib bo‘lmasligi aniq edi. Albatta, bu Superliga emasligini bilardim, lekin g‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini tushunaman.

- Biz "FarDU"ga qarshi o‘yindayoq masalani hal qilishimiz va intrigani so‘nggi turgacha qoldirmasligimiz mumkin edi. O‘sha bahsda nimalar bo‘lib o‘tdi?
- O‘zimizga ishonch bilan o‘ynayotgan edik, bahsni biz nazorat qilib turgandik. Lekin o‘shanda ikki jarimadan uzatilgan to‘plar barchasini o‘zgartirib yubordi. Nimalar bo‘lsa bo‘ldi, bu futbolning ajralmas qismi. Yakunda biz chempion sifatida Superligaga qaytdik.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- O‘zbekistondagi uchinchi mavsumim ham sermahsul o‘tdi: ikkita sovrin ko‘tardim (kuladi). Ko‘ramiz, keyingi mavsum qayerda bo‘lsam ham bor kuchim bilan o‘ynashga, yanada sermahsul bo‘lishga, yana bir sovrin ko‘tarishga harakat qilaman. Shuningdek, "Lokomotiv" muxlislarini o‘tgan mavsum bilan tabriklayman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting