\"Lester\" so'nggi uch mavsumda ikki marta APLdan tushib ketdi
Photo: Getty Images
“Lester” APL 33-turida “Liverpul”ga (0:1) yutqazib qo'yib, APLdan tushib ketdi.
“Tulkilar” hozirda 18 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. Chempionat tugashiga 5 tur qolganda “Lester” 17-o'rinda borayotgan “Vest Xem”dan 18 ochkoga ortda qolmoqda va ligada qolish imkoniyatini yo'qotdi.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda jamoani Rud van Nistelroy boshqarmoqda. “Lester” uch mavsumda ikkinchi marotaba APLdan tushib ketmoqda.