locale OZ

Leroy Sane “Bavariya”ning birinchi taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leroy Sane “Bavariya”ning birinchi taklifini rad etdi
FОТО: Getty Images

“Bavariya” himoyachisi Leroy Sanening agenti Pini Zaxavi ayni damda klub vakillari bilan futbolchining kelajagini muhokama qilmoqda.

Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, Sane Myunxen klubining haftasiga 250 ming funtlik dastlabki taklifini rad etgan.

Qayd etilishicha, “Bavariya” futbolchini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi va 2028-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Sani faoliyatini “Tottenhem”da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Uning myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 30-iyunda yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting