locale OZ

Leau: «Birligimiz jahon chempionatida muvaffaqiyat kaliti bo‘ladi»

Portugaliya 5 ochko to‘plab, K guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leau: «Birligimiz jahon chempionatida muvaffaqiyat kaliti bo‘ladi»
ФОТО: Getty images

Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau Jahon chempionati–2026da jamoaga muvaffaqiyat olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy omil haqida fikr bildirdi.

«Biz — Portugaliyamiz va har qanday raqibni hurmat qilamiz. Jamoamizning yuqori saviyasi va qiyin vaziyatlarni yengib o‘tish qobiliyatini namoyon etmoqdamiz. Yuqori darajadagi jamoa og‘ir pallalarni ham yengib o‘tishni bilishi kerak. Menimcha, aynan shu jihat bizga ushbu Jahon chempionatida muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi. Bizning jamoamiz juda ahil», — dedi Leau A Bola nashriga.

Jahon chempionati–2026 guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi 5 ochko to‘plab, K guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Portugaliya pley-offning 1/16 final bosqichida Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting