locale OZ

Laporta: Homiylik shartnomalari bo‘yicha rekord o‘rnatdik

Barselona prezidenti klubning hozirgi moliyaviy holati haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Laporta: Homiylik shartnomalari bo‘yicha rekord o‘rnatdik
photo: gettyimages

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning hozirgi moliyaviy holati haqida fikr bildirdi.

"Moliyaviy ko‘rsatkichlardan juda mamnunmiz. Agar biz nimadan boshlaganimizni va hozir qayerda ekanligimizni ko‘rib chiqsak - juda yaxshi ish qilindi. Ketma-ket ikki yildan beri bizda ijobiy muvozanat mavjud bo‘lib, bu barqarorlikka erishish imkonini bermoqda. Homiylik shartnomalari bo‘yicha ham rekord o‘rnatdik. Shu bilan birga, bizda yana muxlislarga quvonch ulashuvchi raqobatbardosh jamoa bor", - dedi Laporta.

O‘tgan dam olish kunlari "Barselona" muxlislarni xursand qila olmadi. Jamoa "Sevilya"ga qarshi o‘yinda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting