locale OZ

Lallana 37 yoshida faoliyatini yakunladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lallana 37 yoshida faoliyatini yakunladi
Photo: Getty Images

Adam Lallana 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchi bugun e'lon qildi.

Lallana "Southampton" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000 yildan beri klub tizimida bo'lgan va 2006 yilda kattalar jamoasida debyut qilgan. 2014 yildan beri yarim himoyachi "Liverpool" safida to'p tepib, Angliya chempionati, Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.

2020 yilda futbolchi "Brighton"ga o'tdi, o'tgan yilning iyun oyida esa qadrdon klubiga qaytib, 283 ta o'yinda maydonga tushdi. Lallana Angliya terma jamoasi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting