La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlar aniqlandi
Sovrin uchun 5 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda:
ФОТО: Getty images
La Liga dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.
Sovrin uchun 5 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda:
Kilian Mbappe ("Real") - maydonda 270 daqiqa, 2 ta gol, paslar aniqligi - 84,3%, 12 ta yakka kurashda g'alaba qozongan;
Lamin Yamal ("Barselona") - maydonda 270 daqiqa, 2 ta gol, paslar aniqligi - 84,8%, 34 ta yakka kurashda g'alaba;
Ionus Radu ("Sel'ta") - maydonda 270 daqiqa, 3 ta "quruq" o'yin, paslar aniqligi - 57,7%;
Koke ("Atletiko") - 225 daqiqa maydonda, 2 gol, paslar aniqligi - 90,4%, 12 ta yakka kurashda g'alaba qozongan;
Xerman Valera ("Elche") - 251 daqiqa maydonda, 2 ta gol, paslar aniqligi - 86,6%, 23 ta yakka kurashda g'alaba qozongan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist