La Liga. \"Valensiya\" o‘z maydonida \"Selta\"ga yutqazdi
Ispaniya La Ligasi 30-turida "Valensiya" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Ko‘rshapalaklar” safida Rodriges dublga erishdi.
Mazkur natijadan so‘ng "Selta" 44 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. "Valensiya" esa 35 ochko bilan 13-pog‘onada qolmoqda.
Ispaniya La Ligasi. 30-tur
Valensiya – Selta 2:3
Gollar: Rodriges 12, 90+3 — Moriba 56, Lopes 60, Svedberg 81
Valensiya: Dimitrievski, Nunes (Sadiq, 63), Tarraga, Koemert, Gaya (Danjuma, 78), Rioxa, Gerra (Korreya, 64), Rodriges, Ramazani, Almeida (Beltran, 64), Duro (Ugrinich, 63).
Selta: Radu, Xavi Rodriges (Lopes, 46), Aidu, Alonso, Mingesa (Lago, 88), Sotelo, Moriba, Karreyra, Duran (El-Abdellaui, 46), Jutgla (Iglecias, 71), Alvares (Svedberg, 46).