La Liga. «Real» uyida «Xetafe»ga mag'lub bo'ldi
Endi peshqadam “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qoldi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda “Real” shahardoshi “Xetafe”ni qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Arbeloa jamoasi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan so‘ng 60 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va endi peshqadam “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. “Xetafe” esa 32 ochko bilan 11-pog‘onaga ko‘tarildi.
La Liga. 26-tur
Real — Xetafe 0:1
Gol: Satriano (39).
Real — Kurtua, Trent (Karvaxal, 55), Ryudiger, Alaba (Heysen, 55), Karreras, Valverde, Chuameni (Dias, 87), Guler (Mastantuono, 69), Pitarch (Rodrigo, 55), Gonsalo, Viniius.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist